16.11.2023
172
ABDULLA QODIRIY ASARLARI TARJIMASINI QIYINLASHTIRUVCHI OMILLAR XUSUSIDA

Muallif: Hamidov, Xayrulla Xudoyorovich

Annotatsiya: O‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi, atoqli adib Abdulla Qodiriyning asarlari dunyoning o‘nlab tillariga tarjima qilingan va bu boradagi ishlar davom etmoqda. So‘nggi yillarda adib romanlari xitoy tiliga ham tarjima qilinib nashr etildi. Ta’kidlash kerakki, adib romanlarining xorijiy tillarga tarjimalarining deyarli barchasi nuqson-kamchiliklardan xoli emas va buning asosiy sababi adib asarlarida uchraydigan “notanish”, ya’ni lug‘atlardan topilmaydigan so‘zlardir. Ushbu maqolada Qodiriy asarlaridagi o‘zbek tilining zamonaviy izohli lug‘atlarida uchramaydigan so‘zlar va ularni tarjima qilish jarayonida yuzaga keladigan muammolar xususida so‘z boradi.

Kalit so'zlar: o‘zbek adabiyoti, badiiy tarjima, imlo lug‘ati, izohli lug‘at, tarjima lug‘atlari, leksik birlik, ko‘chma ma’no, badiiylik.

Jurnaldagi sahifalar: 388 - 392

Yuklab olish