03.12.2025
11
ABDURAHMON IBN XALDUN IJTIMOIY QARASHLARI VA KONFUTSIYCHILIK AXLOQIY TA'LIMOTI IJTIMOIY JIHATLARINING KOMPARATIVISTIK YOʻNALISHLARI

Muallif: Sulaymonov, Jasur Baxtiyorovich

Annotatsiya: Mazkur maqolada islom tafakkurining yirik vakili Abdurahmon ibn Xaldunning ijtimoiy qarashlari hamda Xitoy falsafiy tafakkurining yirik vakili Konfusiyning ijtimoiy qarashlari qiyosiy tahlili muhokama qilingan. “Asabiyya” kategoriyasi Xaldunning ijtimoiy falsafiy qarashlarida muhim ahamiyatga ega. Maqolada Ibn Xaldun qarashlaridagi yovvoyilik, tavahhush, ibtidoiylik, badaviya, tamaddun, xadaro kabi tushunchalar asosida mulohazalar keltirilgan. Mazkur mulohazalar asosida xulosa va tahlillar ilgari surilgan. Shuningdek, maqolada Konfusiyning axloqiy va ijtimoiy-siyosiy qarashlari, jumladan, Jen – “insoniy ibtido”, “insonlarga boʻlgan muhabbat”, “shafqat”, “insonparvarlik”, I – “haqiqat”, “adolat”, Li – “an'ana”, “urf-odat”, “udum”, Sin – samimiylik, ezgu fikr, erkinlik va vijdonlilik axloqiy tushunchalari asosida mulohazalar yuritilgan. Maqola xulosa qismida Konfusiy qarashlarida jamiyatni isloh qilish takliflari berilgan.

Kalit so'zlar: Ibn Xaldun, “Muqaddima”, yovvoyilik, tavahhush, ibtidoiylik, badaviya, tamaddun, xadaro, “asabiyya”, Konfusiy axloqiy va ijtimoiy-siyosiy qarashlar, an'anaviy konfusiychilik, Jen – “insoniy ibtido”, “insonlarga boʻlgan muhabbat”, “shafqat”, “insonparvarlik”, I – “haqiqat”, “adolat”, Li – “an'ana”, “urf-odat”, “udum”, Sin – samimiylik, ezgu fikr, erkinlik va vijdonlilik

Jurnaldagi sahifalar: 569 - 576

Yuklab olish