01.06.2025
28
ABE KOBONING 「砂の女」«QUMDAGI AYOL» ROMANIDA XRONOTOPNING IFODALANISHI

Muallif: Abduxamidova, Dilafruz; Qosimova, Gulnora

Annotatsiya: Mazkur maqola XX asr yapon adabiyotining atoqli yozuvchisi Abe Koboning “Qumdagi ayol” romanida o‘z ifodasini topgan xronotop masalasining tilshunoslik hamda adabiyotshunoslik nuqtayi nazaridan tahliliga bag‘ishlangan. Maqolaning nazariy qismida vaqt va makon tushunchalarining tadqiqiga oid J.Piaje, D.Elkin va A.V.Zaporojets kabi olimlarning nazariy yondashuvlari yoritilgan. Shuningdek, M.M.Baxtin tomonidan taklif etilgan hamda badiiy asar tahlilida muhim ro‘l o‘naydigan xronotop nazariyasiga alohida urg‘u berilgan. Ushbu nazariyaga tayanilib, Abe Koboning “Qumdagi ayol” romanidagi vaqt va makon uyg‘un holda ifodalangani misollar asosida tahlil qilingan. Romanda davriy vaqt modelidan foydalanilgani aniqlangan.

Kalit so'zlar: Xronotop, davriy vaqt, chiziqli vaqt, chegaralangan makon, Abe Kobo

Jurnaldagi sahifalar: 113 - 121

Yuklab olish