Muallif: Primov, Baxriddin Abdiraxmonovich
Annotatsiya: Ushbu maqolada axborotlashgan jamiyat va undagi bugungi kunda tez suratlarda ommalashib borayotgan sun’iy intellekt texnologiyalari o‘rtasidagi axloqiy masalalar va u bilan bog‘liq muammolari tahlil etilgan. Mualliflar o‘z tadqiqotda axborot bilan o‘zaro bog‘liq holda ishlaydigan inson va texnologik dasturlar o‘rtasidagi munosabat, sun’iy intellekt natijasida yuzaga keladigan etik (axloqiy) me’yorlarni qo‘llanilishi kabi dolzarb masalalarni ko‘rib chiqqan. Shuningdek, mazur maqolada sun’iy intellekt faoliyati inson nazorati ostida bo‘lishi, asil insoniy qadriyatlarga muvofiq tarzda rivojlanishi uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar tavsiya etilgan. Muxtasar qilib aytganda, maqola axborotlashgan jamiyatda sun’iy intellekt va axloq masalalari bilan qiziquvchi mutaxassislar hamda tadqiqotchilar uchun foydali manba hisoblanadi.
Kalit so'zlar: axborot, axborot texnologiyalari, axborotlashgan jamiyat, sun’iy intellekt, axloq, axloqiy me’yorlar, axloqiy mezonlar va adolat.
Jurnaldagi sahifalar: 312 - 317