18.06.2025
39
AXLOQIY PRINSIPLAR VA SUN’IY INTELLEKT: INSONIYATNING YANGI MUAMMOLARI

Muallif: Ergashev, Ozodbek Baxodurovich

Annotatsiya: Maqola sun'iy intellekt (SI) texnologiyasining tez rivojlanishi va uning insoniyat hayotiga ta'siri haqida so'z yuritadi. Sun'iy intellektning axloqiy va ijtimoiy jihatlari, ayniqsa, uning qaror qabul qilish jarayonlarida yuzaga keladigan yangi axloqiy muammolarni tahlil etadi. Maqolada sun'iy intellekt tizimlarining insoniyatning kundalik hayotiga qanday ta'sir ko'rsatishi, bu texnologiyaning adolat, tenglik, shaxsiy huquqlar va xavfsizlik kabi asosiy axloqiy prinsiplar bilan qanday bog'lanishi muhokama qilinadi. Shuningdek, sun'iy intellektning kelajakdagi rivojlanishi va uning axloqiy mas'uliyatini ta'minlash uchun qanday chora-tadbirlar ko'rilishi kerakligi haqida fikrlar bildiriladi. Maqola o'zida nafaqat texnologik, balki etik nuqtai nazardan ham zamonaviy masalalarni o'z ichiga oladi va bu sohada mavjud bo'lgan dilemmalarni muhokama qiladi.

Kalit so'zlar: Sun’iy intellekt, axloqiy prinsiplar, etika, texnologik rivojlanish, axloqiy mas’uliyat, inson huquqlari, qaror qabul qilish, etik dilemmalar, algoritmik adolat, insoniyat va texnologiya.

Jurnaldagi sahifalar: 353 - 358

Yuklab olish