Muallif: Nasimdjanova, Maxsuma Majidovna
Annotatsiya: Mazkur maqola oiladagi zo‘ravonlik muammosining ijtimoiy-psixologik mohiyatini, ayniqsa ayollarning oilaviy munosabatlardagi viktim xulq-atvorini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Unda oiladagi zo‘ravonlikning turlari (jismoniy, psixologik, jinsiy va iqtisodiy), kelib chiqish sabablari hamda uning ayollar ruhiy salomatligiga ko‘rsatadigan uzoq muddatli salbiy ta’siri yoritilgan. Muammoning viktimologik jihatlari oiladagi disfunktsional munosabatlar kontekstida ko‘rib chiqilib, zo‘ravonlikning oldini olish, psixologik reabilitatsiya va profilaktika choralari zarurligi asoslab berilgan.
Kalit so'zlar: oiladagi zo‘ravonlik, ayollarga nisbatan zo‘ravonlik, psixologik zo‘ravonlik, jismoniy zo‘ravonlik, viktim xulq-atvor, viktimizatsiya, disfunktsional oila, shaxsiy chegaralar, o‘rganilgan ojizlik, psixologik travma, manipulyatsiya, ijtimoiy stereotiplar, reabilitatsiya, profilaktika
Jurnaldagi sahifalar: 409 - 413