01.12.2025
19
把 “BA” IYEROGLIFI VA KONVERSION OMONIMIYA

Muallif: Artikova, Ziyoda Zaynitdinovna

Annotatsiya: Ushbu maqolada xitoy tilidagi konversion omonimiya hodisasi xususan, “ba (把)” iyeroglifi misolida tahlil qilingan. Tadqiqotda “ba (把)” iyeroglifi fe’l, ot, hisob so‘zi va ko‘makchi singari turli grammatik vazifalarda qo‘llanishi orqali leksik-grammatik ko‘p qirralilikni namoyon etishi ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Shuningdek, maqolada “ba (把)” morfemasining kompozitsiya va affiksatsiya usullarida so‘z yasalish jarayonidagi ishtiroki amaliy misollar yordamida yoritilgan. Tahlil natijalariga ko‘ra, “ba (把)” iyeroglifi xitoy tilidagi konversion omonimiyaning eng tipik namunasi bo‘lib, uning ma’no va so‘z turkumlari orasidagi o‘tish xususiyati xitoy tili morfologiyasi va sintaksisining ichki bog‘liqligini ochib beradi.

Kalit so'zlar: konversion omonimiya, “ba (把)” iyeroglifi, xitoy tili grammatikasi, morfologiya, sintaksis, kompozitsiya, affiksatsiya.

Jurnaldagi sahifalar: 21 - 26

Yuklab olish