17.07.2025
31
BARQAROR TINCHLIK O‘RNATISHDA MADANIY VOSITACHILIK VA TARJIMANING O‘RNI: YEVROPA ITTIFOQI MISOLIDA

Muallif: Kambarova, Guzal Kamoldinovna

Annotatsiya: Mazkur maqolada madaniy vositachilik (interkultural mediatsiya) tushunchasining mazmuni, uning tarjima faoliyatidan farqi va Yevropa mamlakatlarida qo‘llanish tajribalari tahlil qilingan. Madaniy vositachilik til va madaniyatlararo tafovutlarni bartaraf etish, ijtimoiy integratsiyani ta’minlash hamda samarali muloqotni yo‘lga qo‘yishga xizmat qiluvchi ko‘p qirrali jarayon sifatida talqin etiladi. Maqolada Yevropa mamlakatlarida ushbu faoliyat turli atamalar orqali ifodalanishi, biroq uning mohiyati – madaniyatlararo to‘siqlarni yengish – umumiy ekani ta’kidlangan. Shuningdek, bu faoliyatning sog‘liqni saqlash, ta’lim va davlat xizmatlarida qo‘llanishi hamda uning ijtimoiy ahamiyati yoritilgan.

Kalit so'zlar: madaniy vositachilik, mediatsiya, madaniyatlararo muloqot, madaniy xilma-xillik, millatlararo totuvlik, barqaror tinchlik, tarjima.

Jurnaldagi sahifalar: 55 - 64

Yuklab olish