19.11.2022
377
CHET TILINI O‘QITISHDA AUTENTIK VIDEO-MATERIALLARDAN FOYDALANISHNING NAZARIY ASOSLARI

Muallif: Alimova, Sevara Farxadovna

Annotatsiya: Mazkur maqola “Chet tilini o‘qitishda autentik video materiallardan foydalanib akademik litsey o‘quvchilarining ijtimoiy-madaniy kompetensiyani shakllantirish” samarali usullari tahlil qilingan. Har qanday til o‘rganuvchi uchun xorijiy (ona tili bo‘lmagan) tilni o‘rganish qiyinchiliklar tug‘diradi. Ana shunday qiyinchiliklarni bartaraf etish maqsadida, dastlab, til o‘rganuvchilarning kommunikativ kompetentsiyasini shakllantirish masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, til o‘rgatish jarayonida o‘qituvchi tomonidan turli yoshdagi til o‘rganuvchilarga taqdim etilayotgan audio va videomateriallarni saralash bosqichma-bosqich amalga oshirildi. Til o‘rgatish jarayonida videomateriallar muhim ahamiyatga ega. Audio va videomateriallardagi nutq egasining fikri, psixo-emotsional holati, yuz ifodalari, imo-ishoralari yodamida talabalarning til o‘rganish imkoniyati yanada ortadi. Bunday materiallardan foydalanish jarayonida til o‘rganuvchi videomaterialdan nutq egasini to‘laqonli tushunmasligi mumkin, ammo uning imo-ishora va mimikalaridan so‘zlovchi nutqini taxmin qilishi yoki qisman tushunishi mumkin. Bunday materiallar orqali til o‘rganuvchida asta-sekin til o‘rganishga ko‘nikma hosil bo‘ladi. Tadqiqot natijasiga ko‘ra, faqat ovoz orqali taqdim etilgan ma’lumotlarga nisbatan ovozli videotasvirlar yordamida taqdim etilgan ma’lumotlar til o‘rganuvchilarga voqelikni yaxlit anglashga yordam beradi. Til o‘rganuvchilar auditoriyasiga mavzu jihatdan moslashtirilgan audiovizual materiallar yordamida ularning kommunikativ kompetentsiyasini oshirish mumkin.

Kalit so'zlar: autentik video materiallar; kommunikativ kompetentsiya; metod; texnologiya; chet tili; o‘qitish metodikasi.

Jurnaldagi sahifalar: 35 - 40

Yuklab olish