Muallif: Karimova, Nilufar Salomdjonovna
Annotatsiya: Ushbu maqola er-xotin munosabatlarida bir-birini anglash va qabul qilishning psixologik jihatlarini yoritishga qaratilgan. Oilaviy munosabatlar — bu nafaqat axborot almashish, balki hissiy bog’liqlikni, hurmatni, bir-birini eshitish va tushunishni ta’minlovchi psixologik jarayondir. Oilada shakllanadigan muloqot — bu faqat so’zlashuv emas, balki hissiyot, qadriyat, hurmat va o’zaro anglashuv asosidagi chuqur psixologik jarayondir. Er-xotinlar o’rtasida bir-birlarini tushunishning yetishmasligi ko’pincha muloqotdagi to’siq, shaxslararo munosabatlarni buzilishining sababi bo’lib hisoblanadi. Maqolada shu to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan tavsiyalar berilgan.
Kalit so'zlar: oila, er-xotin munosabatlari, muloqot, qadriyat, hurmat, to’siq, shaxs, hissiy bog’liqlik, to‘siqlarni bartaraf etish.
Jurnaldagi sahifalar: 566 - 570