Muallif: Abdullayeva, Nilufar Gofurjon kizi
Annotatsiya: Oilaviy qadriyatlar shaxslarning gender rollari, ijtimoiy xulq-atvor hamda muloqot shakllariga oid tasavvurlarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etishi, shu orqali muayyan jamiyat doirasida gender tenglik madaniyatining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatishi sir emas. Ushbu maqolada oilaviy qadriyatlar gender me’yorlarining avloddan-avlodga uzatilishi va ichkilashtirilishida asosiy ijtimoiy-madaniy mexanizm sifatida yoritilib, ularning ingliz tilini o‘qitish jarayonida madaniyatlararo kommunikativ kompetensiyani (MKK) shakllantirishga ko‘rsatadigan ta’siriga alohida e’tibor qaratiladi. Ijtimoiy-madaniy konsepsiyalar va madaniyatlararo muloqot modellariga tayangan holda, tadqiqot oila gender ijtimoiylashuvining eng dastlabki va eng ta’sirchan muhiti ekanligini asoslab beradi hamda bu muhit shaxslarning tenglik, hokimiyat munosabatlari va turli qadriyat hamda e’tiqodlarga ega madaniyatlar vakillari bilan o‘zaro muloqotga bo‘lgan munosabatlarini bevosita shakllantirishini ta’kidlaydi.
Kalit so'zlar: Oilaviy qadriyatlar, gender tenglik madaniyati, madaniyatlararo kommunikativ kompetensiya, gender ijtimoiylashuvi, ingliz tilini o‘qitish.
Jurnaldagi sahifalar: 527 - 530