Muallif: Saydalieva, Nigora Faxritdinovna
Annotatsiya: Ushbu tadqiqotda xitoy tilini chet tili sifatida o‘qitishning B1 darajasidagi talabalar uchun tuzilgan yangi metodikasi ishlab chiqildi va sinovdan o‘tkazildi. Metodikaning mazmuni talabalarning nafaqat tarjima kompetentsiyasini, balki madaniyatlararo ko'nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan. Xitoy madaniyatini o‘rganish sharoitida oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilari va talabalarida madaniyatlararo xorijiy til ko‘nikmalarini shakllantirishning o‘ziga xos xususiyatlariga alohida e’tibor qaratilgan. Xitoy tilini chet tili sifatida o‘qitishning boshlang‘ich bosqichida B1-bosqich talabalarining yozma tarjima kompetensiyasini shakllantirish usullari o‘rganildi va asoslandi.
Kalit so'zlar: kompetentsiya, tarjima kompetensiyasi, B1 darajasidagi talabalar, xitoy tilini o‘rgatish, madaniyatlararo xorijiy til ko‘nikmalari, madaniyat.
Jurnaldagi sahifalar: 192 - 201