17.07.2025
30
GʻARB TILLARINI O‘QITISHDA ZAMONAVIY METODLAR

Muallif: Mubarakova, Dilshoda Abduraxmatovna; Yunusova, Nodira

Annotatsiya: Sharq tillari – arab, turk, fors, urdu va o‘zbek tillari – o‘zining o‘ziga xos grammatik va leksik xususiyatlari, shuningdek, boy madaniy va tarixiy merosi bilan ajralib turadi. Globalizatsiya sharoitida ushbu tillarni o‘rganish nafaqat ilmiy, balki professional sohalarda ham katta ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda. Sharq tillarini o‘qitish jarayoni zamonaviy yondashuvlar va innovatsion usullarni o‘z ichiga olib, ta’lim jarayonini samarali va qiziqarli qilishga yordam bermoqda. Ushbu maqolada sharq tillarini o‘qitishda qo‘llanilayotgan zamonaviy usullar, texnologiyalarning integratsiyasi, loyiha asosidagi o‘qitish, madaniyatshunoslik yondashuvi, gamifikatsiya va individual ta’lim yondashuvlari haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, o‘qituvchining zamonaviy yondashuvlarni qo‘llab-quvvatlashdagi o‘rni va ahamiyati ta’kidlanadi. Bu rivojlanishlar sharq tillarini o‘rganishni nafaqat samarali, balki qiziqarli jarayonga aylantiradi.

Kalit so'zlar: sharq tili, metodologiya, o‘qitish, usullar, zamonaviy

Jurnaldagi sahifalar: 89 - 94

Yuklab olish