11.02.2026
3
GENDER STEREOTIPLARINING SHAKLLANISHI VA ULARNI BARTARAF ETISH MEXANIZMLARI: OILAVIY, TA’LIMIY VA IJTIMOIY ONG OMILLARINING TAHLILI

Muallif: Umurzakova, Maqsuda Abdusalixovna

Annotatsiya: Ushbu maqolada gender stereotiplarining shakllanish mexanizmlari oilaviy tarbiya, ta’lim amaliyoti va ijtimoiy ong institutlari kesimida tahlil qilingan. Tadqiqotda mahalliy olimlarning qarashlari (Karimova, Rasulova) va MDH mamlakatlari (Kletsina, Rean) tajribasi qiyosiy o‘rganildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, stereotiplar transgeneratsion (avlodlararo) xarakterga ega bo‘lib, ta’limdagi jinsiy tabaqalanish va mediadagi an’anaviy narrativlar orqali mustahkamlanadi. Maqolada "O‘zbekiston — 2030" strategiyasi doirasida gender tenglik madaniyatini rivojlantirish uchun kognitiv de-stereotipizatsiya va psixologik intervensiyalarni integratsiya qilish zarurligi asoslab berilgan.

Kalit so'zlar: gender stereotiplari, STEM, oila psixologiyasi, sotsializatsiya, stereotip tahdidi, kognitiv sxemalar, O‘zbekiston — 2030 strategiyasi.

Jurnaldagi sahifalar: 433 - 436

Yuklab olish