08.02.2026
8
GENDER TENGLIGI VA OILAVIY QADRIYATLAR KONTEKSTIDA JINOIY XULQ-ATVOR MUAMMOSI

Muallif: To‘rayev, Ozod Uyg‘un o‘g‘li; Sadatova, Nodira Musurmonovna

Annotatsiya: Mazkur maqolada gender tengligini ta’minlash masalasi ijtimoiy-huquqiy nuqtayi nazardan tahlil qilinib, uning oilaviy qadriyatlar bilan uzviy bog‘liqligi ochib beriladi. Shuningdek, gender tengligi tamoyillariga rioya etilmasligi oilaviy munosabatlarda kelib chiqadigan ziddiyatlar va ularning jinoiy xulq-atvor shakllanishiga ta’siri ilmiy asosda yoritiladi. Maqolada sog‘lom oilaviy muhit, o‘zaro hurmat va tenglikka asoslangan munosabatlar jinoiy xulq-atvorning oldini olishda muhim profilaktik vosita ekanligi asoslab berilgan.

Kalit so'zlar: Gender tengligi, oilaviy qadriyatlar, jinoiy xulq-atvor, ijtimoiy-huquqiy munosabatlar, oilaviy nizolar, profilaktika mexanizmlari, sog‘lom oilaviy muhit.

Jurnaldagi sahifalar: 104 - 107

Yuklab olish