08.02.2026
8
GENDER TENGLIK MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH: OILAVIY QADRIYATLAR, TA’LIM SIYOSATI VA IJTIMOIY ONG TRANSFORMATSIYASI

Muallif: Anvarova, Madinabonu; Annazarova, Tamilla Dilshod qizi

Annotatsiya: Ushbu maqolada gender tenglik tushunchasining mazmuni, kelib chiqish tarixi va jamiyatdagi o‘rni ilmiy hamda ijtimoiy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotda gender tenglikning dastlab ayollar huquqlarini himoya qilish maqsadida shakllangani, keyinchalik esa inson huquqlarining ajralmas qismi sifatida rivojlangani yoritilgan. G‘arb va Sharq jamiyatlarida ayollarning ijtimoiy-huquqiy holati solishtirma asosda ko‘rib chiqilib, Islom madaniyatida ayollarga berilgan huquqlar misollar bilan asoslangan. Shuningdek, maqolada hozirgi kunda gender tenglikning jahon tajribasi, O‘zbekiston Respublikasida ushbu sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, oilaviy qadriyatlar, ta’lim siyosati va ijtimoiy ong transformatsiyasidagi ahamiyati tahlil qilinadi. Muallifning shaxsiy fikrlari asosida gender tenglikning jamiyat barqarorligi va farovonligi uchun zarurligi xulosalanadi.

Kalit so'zlar: Gender tenglik; inson huquqlari; ijtimoiy adolat; oilaviy qadriyatlar; ta’lim siyosati; ijtimoiy ong; gender rollari; ayollar huquqlari; diskriminatsiya; barqaror rivojlanish; milliy va global tajriba.

Jurnaldagi sahifalar: 51 - 53

Yuklab olish