09.02.2026
7
GENDER TENGLIK MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHDA TA’LIM TIZIMI, OILAVIY QADRIYATLAR VA IJTIMOIY ONG TRANSFORMATSIYASINING O‘RNI

Muallif: Nurmetova, Fazilat Ilhomovna; Norboyeva, Jasmina Roʻziboyevna

Annotatsiya: Ushbu maqolada gender tenglik madaniyatini rivojlantirishning muhim omillari sifatida ta’lim tizimi, oilaviy qadriyatlar hamda ijtimoiy ong transformatsiyasi masalalari tahlil qilinadi. Unda gender tenglikni ta’minlashda oilaning asosiy ijtimoiy institut sifatidagi o‘rni, farzandlar tarbiyasida tenglik va o‘zaro hurmat tamoyillarini shakllantirishning ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, ta’lim jarayonida gender stereotiplarini bartaraf etish, teng imkoniyatlarga asoslangan inklyuziv muhit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Ijtimoiy ongdagi o‘zgarishlar gender tenglik g‘oyalarining jamiyatda barqaror qaror topishida muhim omil ekani asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari gender tenglikni ta’lim siyosati, oilaviy tarbiya va jamoatchilik ongida kompleks ravishda rivojlantirish jamiyatning barqaror va adolatli taraqqiyotiga xizmat qilishini ko‘rsatadi.

Kalit so'zlar: gender tenglik, ijtimoiy o‘zgarishlar, inklyuziv ta’lim, ayollar huquqi, ma’naviy meros, oila instituti, ijtimoiy ong.

Jurnaldagi sahifalar: 302 - 305

Yuklab olish