08.02.2026
8
GENDER TENGLIK MADANIYATINING ERON TAJRIBASIDA TARIXIY SHAKLLANISHI: OILAVIY QADRIYATLAR, TA’LIM SIYOSATI VA IJTIMOIY ONG TRANSFORMATSIYASI (1936–2022)

Muallif: Yarashev, Xabib Muxiddinovich

Annotatsiya: Ushbu maqola Eron misolida gender tenglik madaniyatining tarixiy shakllanishini uzviy sabab–oqibat zanjiri sifatida tahlil qiladi. Yondashuv gender tenglikni faqat huquqiy tenglik darajasida emas, balki oilaviy institut va qadriyatlar, ta’lim siyosati orqali resurslarning taqsimlanishi hamda ijtimoiy ongdagi legitimlik va qarshilik mexanizmlarining o‘zaro ta’siri sifatida ko‘radi. Eron tarixida me’yorlarni yuqoridan belgilashning ikki qarama-qarshi namoyoni — 1936 yildagi majburiy “ochilish” siyosati (Kashf-e hijob) va 1983 yildan majburiy hijobning huquqiy jihatdan mustahkamlanishi — gender masalasini shaxsiy tanlov doirasidan davlat–jamiyat nizosi maydoniga ko‘chirgan. Shu fonida 1963 yildagi modernizatsiya islohotlari ayolning fuqarolik subyektligini kengaytirishga urinadi, 1967/1975 yillardagi “Oila himoyasi to‘g‘risidagi qonun” esa oila institutini huquqiy qayta qurish orqali gender nomutanosibligini yumshatishga intilgan. Keyinchalik ta’lim qamrovining oshishi ayollarning ijtimoiy resurslari va huquqiy ongini kuchaytirib, 2006 yildagi “Kamsituvchi qonunlarni bekor qilish uchun ‘Bir million imzo’ kampaniyasi” hamda 2022 yildagi “Ayol, hayot, erkinlik” noroziliklarida namoyon bo‘lgan ijtimoiy ong transformatsiyasini jadallashtirgan.

Kalit so'zlar: Eron, gender tenglik madaniyati, oilaviy huquq, Oila himoyasi to‘g‘risidagi qonun, Oq inqilob, ta’lim siyosati, majburiy hijob, huquqiy ong, ayollar harakati.

Jurnaldagi sahifalar: 62 - 67

Yuklab olish