08.02.2026
10
GLOBALLASHUV SHAROITIDA QADRIYATLAR TRANSFORMATSIYASI VA GENDER TENGLIK MUAMMOSI

Muallif: Saydaliyeva, Nigora

Annotatsiya: Mazkur maqolada globallashuv sharoitida jamiyatda kechayotgan qadriyatlar transformatsiyasi va uning gender tenglik masalasiga ta’siri tahlil qilinadi. Globallashuv jarayonlari natijasida shakllanayotgan yangi ijtimoiy qarashlar milliy va an’anaviy qadriyatlar bilan o‘zaro ta’sirga kirishib, jamiyatda muayyan ijtimoiy muammolarni yuzaga keltirmoqda. Xususan, gender tenglik tushunchasining noto‘g‘ri talqin qilinishi milliy qadriyatlarga zid qarash sifatida qabul qilinib, ijtimoiy qarama-qarshiliklar va stereotiplarning kuchayishiga sabab bo‘lmoqda. Maqolada ushbu muammoning asosiy omillari aniqlanib, gender tenglikni milliy qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirishga qaratilgan yondashuvlar asoslab beriladi. Shuningdek, ta’lim tizimi, axborot makoni va ijtimoiy ong orqali gender tenglik g‘oyalarini to‘g‘ri talqin qilishning ahamiyati yoritiladi. Globallashuv sharoitida gender tenglikni ta’minlash jarayonida muvozanatli va madaniy jihatdan mos yondashuvni shakllantirish zarurligini ko‘rsatadi.

Kalit so'zlar: globallashuv, qadriyatlar transformatsiyasi, milliy qadriyatlar, gender tenglik, ijtimoiy ong, madaniy muvozanat.

Jurnaldagi sahifalar: 68 - 74

Yuklab olish