08.12.2022
339
HINDIY TILIDAN FRAZEOLOGIZMLAR TARJIMASIDA VARIANTLILIK

Muallif: Xodjayeva, Nilufar

Annotatsiya: Hozirgi kunda Hindiston tilshunosligida ham ibora, maqol, matal va idiomalarni tarjima qilinishga doir aniq bir tizim mavjud emasligi mazkur mavzuda tadqiqot olib borishga turtki bo‘ldi. Hindistonda frazeologizmlar mavzusida bir qator tadqiqotlar olib borilgan. Hind tadqiqotchilaridan Bolanatx Tivari, Pratibxa Agarval, Omprakash Gupta, Ramchandra Varmalar nomlarini zikr etib o‘tish o‘rinli. Hindiy tili frazeologiyasining o‘rganilganlik darajasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, “Ramdaxin Mishra हिंदी मुहावरे” (1924), Baxadur Chand लोकतियाँ और मुहावरे (1932), Jambunatxan हिंदी मुहावरकोश (1935), Ar.Ji Shiraxindi हिंदी मुहावरकोश (1936), Brahmasvarup Dindar Sharma हिंदी मुहावरे (1938), Ambikaprasad Vajpay हिंदुसतानी मुहावरे (1940), Balmukand Arsh Malsiyani मुहावरे और कहावतें (1957), Pratibxa Agarval हिंदी मुहावरे (1969), Bolanatx Tivari हिंदी मुहावरकोश (1984)” [1,12-13], kabilarning asarlari juda muhim manba hisoblanadi. Frazeologizmlar tarjimasiga doir ma’lumotlar bir qancha ikki tillik lug‘atlarda ham o‘z aksini topgan.

Kalit so'zlar: ibora, maqol, matal va idiomalar, frazeologizmlar, Bolanatx Tivari, Pratibxa Agarval, Omprakash Gupta, Ramchandra Varma

Jurnaldagi sahifalar: 212 - 216

Yuklab olish