Muallif: Karimova, Xurshida Abdurashid qizi
Annotatsiya: Maqolada xitoy tili quyosh energetikasi sohasi terminologik birliklarning polisemiya va sinonimiya hodisalari ko‘rib chiqiladi. Polisemiyaga bir so‘zning bir nechta o‘zaro bog‘liq ma’nolarda qo‘llanishi deyish to‘g‘ri hisoblanadi. Ko‘pincha bu hodisa ma’lum bir so‘zning dastlabki ma’nosining o‘zgarishi va rivojlanishi natijasida yuzaga kelishi ta’kidlanadi. Olimlarning qayd etishicha, gumanitar hamda tabiiy fanlarda ko‘p sonli polisemantik terminlarning mavjudligi professional muloqotda qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Polisemiyadan tashqari, terminologiyada sinonimiya hodisasi ham keng tarqalgan. Terminologiyada sinonimiya — bu bitta tushuncha uchun ikki, uch yoki undan ortiq terminlarning mavjud bo‘lishi hodisasi sifatida tushuniladi. Sinonimlarning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat: u bitta tushunchani ifodalaydi; ma’no nozikliklari, uslubiy ranglar bilan farqlanadi, kontekstda o‘zaro almashtirilishi mumkin.
Kalit so'zlar: quyosh energetikasi terminologiyasi, polisemiya, sinonimiya.
Jurnaldagi sahifalar: 96 - 105