Muallif: Abdullayeva, Gulandom; Akbarova, Aziza Sharif qizi
Annotatsiya: Ish va oila mas’uliyatlari o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlay olmaslik natijasida yuzaga keladigan ish–oila hayoti ziddiyati, asosan ish bilan bog‘liq majburiyatlarning uy ichidagi rollarga yetarli vaqt va e’tibor ajratilishiga to‘sqinlik qilishi bilan izohlanadi. Ushbu muammo muayyan jamiyatda shakllangan ijtimoiy gender rollari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, an’anaviy qarashlar uy ishlari va parvarish majburiyatlarini ko‘pincha ayollar zimmasiga yuklaydi. Natijada ayollar ishga kirish va mehnat faoliyatini davom ettirishda qiyinchiliklarga duch keladi. Ayniqsa, past daromad va ta’lim darajasi sharoitida bu holat kuchayadi. Shu bois ish va oila hayotini muvofiqlashtirish hamda gender tengligini ta’minlashga qaratilgan siyosatlar ayollarning mehnat bozoridagi ishtirokini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Kalit so'zlar: ish va oila hayotini muvofiqlashtirish, ijtimoiy gender tengligi, farovonlik tizimlari.
Jurnaldagi sahifalar: 161 - 164