Muallif: Muxamedjanova, Shahnoza
Annotatsiya: Ushbu maqolaning maqsadi ijtimoiy muloqonda internet-leksikasining eng muhim xususiyatlarini internet foydalanuvchilari tomonidan qo‘llaniladigan deyktik so‘zlar misolida ko‘rib chiqishdan iborat. Internet tili (网络语言 wǎngluo yǔyan) alohida ko‘rinishdagi til emas, u zamonaviy xitoy tilining baʼzi dialektlarining leksik tarkibini qabul qilib, o‘z ichida birlashtiradi. U deyarli barcha mavjud lingvistik maʼlumotlardan foydalanadi: fonetik tuzilish va leksik tarkibidan tilning grammatik tuzilishigacha, venyan tili va shevalaridan tortib, to putunxua va chet tillaridan o‘zlashgan so‘zlargacha qamrab oladi. Bularning barchasi internet-tilining “qurilish materiali” hisoblanadi.
Kalit so'zlar: ijtimoiy tarmoq, deyktik so‘zlar, internet leksika, olmoshlar, harfli so‘lar.
Jurnaldagi sahifalar: 600 - 605