24.11.2023
338
ILMIY TADQIQOT ISHLARINI TASHKIL ETISHDA MAGISTRATURA TALABALARNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARINI HISOBGA OLISH

Muallif: Usmanova, Umida Aybekovna

Annotatsiya: Mazkur maqolada ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etishda magistratura talabalarning shaxsiy sifatlarini hisobga olish - magistratura talabalarining aqliy kamolotini ta’minlovchi omil sifatida fikr yuritilgan. Shuningdek, oliy ta’lim muassasasi va undan keyingi kasbiy rivojlanish jarayonida magistratura talabalari o‘z fanidagi ilmiy yondashuvlar, konsepsiyalar, nazariyalar, eng so‘ngi axborotlar mazmunidan xabardor bo‘lishi kerakligi aoslsb ko‘rsatilgan. Magistratura talabalari muayyan ilmiy mavzuga alohida qiziqish bilan qarar ekanlar, shu yo‘nalishdagi ishlarni taxlil qiladilar, ko‘plab ilmiy-ommabop materiallar bilan tanishib chiqadilar, ilmiy jurnallar bilan ishlash kompetentligiga ega bo‘ladilar O‘qituvchining magistratura talabalari tomonidan berilgan savollarga to‘liq to‘g‘ri, aniq javob berishga tayyorligi ulardagi ilmiy-tadqiqotchilik kompetensiyalarini oqilona yo‘naltirish va rivojlantirishning asosiy omili ekanligi ta’riflangan.

Kalit so'zlar: yangilik, ilm-fan, ilmiy-pedagogik faoliyat, tadqiqot, ilmiy tadqiqotchilik, kashfiyot, o‘z-o‘zini anglash, ilmiy konferensiyalar, intellektual.

Jurnaldagi sahifalar: 53 - 62

Yuklab olish