Muallif: Husainova, Gulnoza Shuxratovna
Annotatsiya: Inklyuziv ta’lim konsepsiyasi barcha talabalarga, jumladan, jismoniy, sensor, psixologik yoki intellektual cheklovlarga ega o‘quvchilarga teng ta’lim imkoniyatlarini yaratishni nazarda tutadi. Chet tillarni, jumladan, fors tilini inklyuziv guruhlarda o‘qitish jarayoni maxsus moslashtirilgan metodik yondashuvlarni, adaptiv o‘quv materiallarini va o‘qituvchining yuqori darajadagi psixologik-pedagogik kompetensiyasini talab qiladi. Fors tili fonetik, morfologik va grafika tizimi jihatidan o‘ziga xos bo‘lgani uchun bu jarayonda ko‘plab metodik yechimlar qo‘llanadi.
Kalit so'zlar: lingvistik xususiyatlar, arab grafikasi, multisensor va differensial ta’lim modellari.
Jurnaldagi sahifalar: 38 - 46