Muallif: Burxanova, Feruza
Annotatsiya: Mazkur maqolada iste’dodli ijodkor Nazar Eshonqulning adabiy-estetik qarashlari, jahon adiblari ijodiga bahishlangan etyudlari talqin etilgan. Kitobda san’at, adabiyot uning inson hayotidagi o‘rni, ijod, uning bosqichlari, ilhom, ijodkor shaxsi kabi badiiy ijod psixologiyasiga oid qarashlar, jahon va o‘zbek adabiyoti va san’ati namoyandalarining asarlari va shaxsiyatidagi mushtarakliklar, tahlillar, adabiy etyudlar muallifning teran falsafiy mushohadalari, chuqur ilmiy-nazariy tahlillari vositasida ochib berilgani yoritilgan.
Kalit so'zlar: Adabiy-estetik tafakkur, Nazar Eshonqul, “Mendan “men”gacha”, “Ijod falsafasi” , “Kitob bandasi”, jahon adiblari, muallif, etyud.
Jurnaldagi sahifalar: 68 - 78