01.12.2025
16
JAHON TILSHUNOSLIGIDA TAQLIDIY SO‘ZLARGA OID ILMIY-NAZARIY QARASHLAR

Muallif: Tashmuxamedova, Dildora Aziz qizi

Annotatsiya: Ushbu maqolada taqlid so‘zlarning kelib chiqishi, ularning til tizimidagi o‘rni va lingvistik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tilshunoslik tarixida ovozga taqlid nazariyasi qadimgi yunon faylasuflari, jumladan, Demokrit va Platon qarashlaridan boshlab turli davrlarda shakllanib kelganligi ko‘rsatib o‘tiladi. Taqlid so‘zlarning boshqa so‘z turkumlaridan farqi, ularning semantik va sintaktik xususiyatlari hamda turli tillardagi ifodalanish mexanizmlari qiyosiy tahlil qilinadi. Shuningdek, ingliz, rus, yapon, xitoy va o‘zbek tillaridagi taqlidlarning o‘xshash va farqli jihatlari ko‘rib chiqilib, turli olimlarning fikrlari keltiriladi. Maqolada taqlid so‘zlarning grammatik ob’yekt sifatida o‘rni, nominativ xususiyatlari va ular orqali ifodalangan ma’no va tushunchalar atroflicha yoritilgan

Kalit so'zlar: taqlid so‘zlar, onomatopoeiya, lingvistika, tilshunoslik nazariyalari, semantika, sintaksis, undov, fonosemantika, o‘zbek tili, rus tili, ingliz tili, qiyosiy tahlil.

Jurnaldagi sahifalar: 158 - 162

Yuklab olish