22.02.2022
411
JURNALISTLARNI TAYYORLASHDA KREATIV YONDASHUV

Muallif: Turgunova, Ezoza Ilgor Qizi

Annotatsiya: Ko’pchilik aniqlik, xolislik va halollik (tog’ri so’zlik) yaxshi jurnalistikaning asosiy tamoyillari deb bilishadi, shuningdek, IWPRda ham aynan shu prinsiplar jurnalistik ta’lim berishning asoslarini tashkil etadi. Jurnalistika o’zi yoritadigan dunyo kabi rang-barangdir. Zotan, unda kreativ fikrlaydigan kadrlarni tayyorlash ham bugungi kunning talabi, desak mubolag’a bo‘lmaydi. Yangiliklarni yoritadigan jurnalistlar shov-shuvli materiallar tayyorlaydigan va taniqli shaxslar haqida yozadigan yoki haftalik jurnallarda ishlaydigan farqli ravishda boshqacha faoliyat yuritadilar. Aynan oddiy yangilikni ham kreativ tarzda ommaga yetkazish ham jurnalistik mahoratdir. Amerikalik muxbirning jurnalistik materiyali ko’pincha britaniyalik jurnalistning faoliyatidan tubdan farq qiladi. Boshqa qit’alar va mintaqalarning uslublari bundan ham ko’proq farq qilishi mumkin. Demak, jurnalist kadrlarni tayyorlashda kreativ usullarni izlash uchun xorij matbuotiga murojaat qilish ham yaxshi samara beradi.

Kalit so'zlar: Jurnalist, mahorat, fikrlash, qobiliyat, xolislik, tanqid qilish, kreativlik, tezkorlik.

Yuklab olish