14.06.2024
191
KAMBAG‘ALLIK TUSHUNCHASINI TUSHUNISHNING IJTIMOIY-SIYOSIY AHAMIYATI

Muallif: Jumayev, Oybek Maratovich

Annotatsiya: Maqolada kambag‘allik tushunchasining mohiyati va uning mezonini aniqlashdagi turli xil ijtimoiy-siyosiy qarashlar, o‘lchovlar va yondoshuvlar ilmiy tahliliy mulohazalar asosida yoritilgan. Xorijiy davlatlar tadqiqotchilarining kambag‘allik bilan bog‘liq fikrlari kengroq o‘rganilgan va mavjud muammolarni iqtisodiy-ijtimoiy hal etish salohiyati qiyosiy ko‘rib chiqilgan. Xususan, keng va tor ma’noda kambag‘allikni tushunish, sabablariga ko‘ra umumiy kambag‘allik, institutsional kambag‘allik, mintaqaviy kambag‘allik ва sinfiy kambag‘allikka bo‘lishini hamda kambag‘allik standarti va chegarasi haqidagi tushunchalarga izoh berilgan va nazariy tahlil qilingan. Xalqaro miqyosda kambag‘allik chegarasini aniqlashning asosiy usullari hamda “makrokashshoqlik” va “mikrokambag‘allik”ni bir-biridan farqli jihatlari ham bayon etilgan. Kambag‘allik tushunchasini tushunish va uning mohiyatini kengroq anglash aholi turmush darajasining umumiy bahosini aniqlash, sog‘liq, uzoq umr ko‘rish va savodxonlik o‘lchovlarini yaxshilash va turmush darajasini oshirishga erishish haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, kambag‘allik tushunchaning turlari, o‘ziga xos jihatlari va tasnifi bo‘yicha ham ijtimiy-siyosiy ahamiyatga ega ilmiy xulosa va tavsiyalar berilgan. Maqola mazmunini yoritish jarayonida zarur tushuncha va iboralarga batafsil to‘xtalib o‘tilgan va ularga qisqa, aniq sharhlar qoldirilgan.

Kalit so'zlar: kambag‘allik, institutsional kambag‘allik, mintaqaviy kambag‘allik, sinfiy kambag‘allikka, mutlaq va nisbiy kambag‘allik, makrokashshoqlik, mikrokambag‘allik

Jurnaldagi sahifalar: 298 - 306

Yuklab olish