Muallif: Davlyatova, Madina Shakirovna
Annotatsiya: Mazkur maqolada kasb-hunar leksikasining gender jihatlari, ularning til tizimidagi ifodalanishi hamda tarjima jarayoniga ko‘rsatadigan ta’siri tahlil qilinadi. Turli tillarda kasb nomlarining erkak va ayol jinsiga xos shakllarda ifodalanishi, gender neytral birliklar muammosi hamda tarjimada yuzaga keladigan semantik va pragmatik nomutanosibliklar ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda qiyosiy-tahliliy, tavsifiy va diskursiv tahlil metodlaridan foydalanilgan.
Kalit so'zlar: gender lingvistika, kasb-hunar leksikasi, tarjima nazariyasi, gender stereotiplari, leksik ekvivalentlik.
Jurnaldagi sahifalar: 270 - 274