Muallif: Axmedova, F.A.; Xuramova, D.R.; Axtamova, Guljahon
Annotatsiya: Maqolada asosan koreys tilining inglizcha so‘zlarni o‘zlashtirib olishi tarixi, yoyilib ommalashuviga sabab bo‘lgan voqea hodisalar, kirib kelishiga turtki bo‘lgan dastalbki omillar haqida malumotlar to‘plandi. Bundan tashqari «Konglish» atamasi ma’nosi mazmun mohiyatiga alohida urg’u berib o‘tilgan. Ushbu tushuncha qo‘llanishilishi haqida hamda bu kabi so‘zlarning yoyilishi ommalashishida insonlarning fikri, umumiy xulosalari keltirilgan. «Korea+English»- «KONGLISH»- ikki mamlakat tilidagi so‘zlarning birikuvidan hosil bo‘lgan so‘zlar, ya’ni ingliz tilining koreys tili tomonidan o‘zlashtirilib, koreys tiliga moslashtirilishi. Bunday so‘zlar zamonaviy hozirgi koreys tilida juda ommalashgan hisoblanadi. Konglish so‘zlarning vujudga kelib,taraqqiy etishining asosiy sabablaridan biri AQSHning dunyo hamjamiyatining eng rivojlangan davlatlar qatorida yuqori o‘rinda turishita’siri desak ham mubolag’a bo‘lmagan bo‘lar edi.
Kalit so'zlar: «Konglish» so‘zlarning kirib kelish tarixi; yarmi inglizcha yarmi koreyscha, talaffuz jihatdan farqlanuvchi hamda 2 ta inglizcha So‘zdan qo‘shib yasalgan ammo sof ingliz tilida mavjud bo‘lmagan Konglish so‘zlar, Konglish so‘zlarning keng tarqalish sabablari,insonlarning ushbu hodisaga munosabati.
Jurnaldagi sahifalar: 145 - 154