25.06.2022
506
KOREYS BADIIY ADABIYOTIDA PERSONIFIKATSIYANING IFODALANISHI

Muallif: Eshimova, Sharofat Kenjaboyevna

Annotatsiya: Ushbu maqolada tropli derivatsiyaning bir bo’limi hisoblanmish metafora haqida so’z yuritiladi. Metaforaning bir turi bo’lmish personifikatsiyaning badiiy adabiyotlarda ifodalanishi, obrazlarning berilishi, ya’ni jonlantirishning badiiy uslubi o’z ifodasini topadi. Unda jonli va jonsizlik, shaxs va shaxssizlik hamda aniqlik va mavhumlik muhim rol o’ynaydi. Bunda personifikator sifatidagi ad’yektivlar odatda gapning ifodalovchi markazi emas, ular kengaytirilgan shaxslashtiruvchi kontekstlarda komponent sifatida kiritiladi. Biroq, sifatdosh-tuslovchi (ad’yektiv-personifikator) kiritilganda yuzaga keladigan taqdimot effekti yorqinroq va murakkabroq shaklga egaligi aytib o’tiladi. Sifatlarning ham semantik rejada, ham kontekstda qo`llanish jihatida o`rganilishini belgilab beruvchi asosiy xususiyati bu so`z turkumining semantik jihatdan bog`liqligidir. Sifat ot bilan o'zaro aloqada bo'lgan narsa yoki hodisalarni belgilash sohasiga kiradi. Bu xususiyat sifatning haddan tashqari semantik harakatchanligi asosida yotadi. U turli semantikadagi otlarga osongina moslashadi, bu esa ma'noning turli xil o'zgarishiga imkon beradi. Sifatlovchili (ad’yektiv) birikmalarda aniqlanayotgan otning denotativ ma'nosi tarkibini tashkil etgan xususiyatlarning butun doirasini ifodalash mumkin. Denotatning yadro belgisini belgilashdan yadro bilan bog'langan belgilarni belgilashga ko'proq bilvosita o'tib, sifatdoshning keng qo'llanish doirasini tashkil etuvchi hosila (metaforik) ma'nolarni osongina oladi.

Kalit so'zlar: personifikatsiya, denotat, referent, hosila, ma’no. kategoriya, metafora, jonlantirish, atributiv.

Jurnaldagi sahifalar: 356 - 364

Yuklab olish