Muallif: Rojiboyev, Ilhomjon; Xujayeva, O‘g‘iloy
Annotatsiya: Ushbu maqolada koreys jamiyatida oilaviy va ijtimoiy munosabatlarni ifodalovchi nomlarning lingvistik va madaniy xususiyatlari tahlil qilingan. Koreys tilidagi munosabat nomlari faqatgina qarindosh-urug‘lik aloqalarini emas, balki jamiyatdagi ijtimoiy ierarxiya va hurmat qoidalarini ham aks ettiradi. Maqolada oilaviy munosabatlarga oid nomlar, masalan, ota-onaga va boshqa qarindoshlarga murojaat qilishda ishlatiladigan atamalar, er-xotin o‘rtasidagi maxsus so‘zlar, shuningdek, ijtimoiy mavqega asoslangan nomlarning roli batafsil yoritilgan. Koreys madaniyatida “Konfutsiy etikasi” asosida rivojlangan qadriyatlar va ierarxiya qoidalari lingvistik vositalarda qanday ifoda etilishi ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, munosabat nomlarini boshqa tillarga tarjima qilishdagi qiyinchiliklar va madaniy kontekstning saqlanishi masalalari muhokama qilingan. Ushbu tadqiqot koreys tilidagi munosabat nomlarining lingvistik va madaniy ahamiyatini chuqur o‘rganishga xizmat qiladi va madaniyatlararo muloqot jarayonida ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.
Kalit so'zlar: Koreys tili; munosabat nomlari; lingvistik madaniyat; ijtimoiy ierarxiya; Konfutsiy etikasi; tarjima masalalari.
Jurnaldagi sahifalar: 157 - 161