Muallif: Po‘latov, Sherdor Nematjonovich
Annotatsiya: Ushbu maqolada Mahatma Gandining ta’lim konsepsiyasi va zamonaviy sun’iy intellekt rivoji kontekstida insonparvarlik va mustaqil tafakkur muammolari o‘rganiladi. Tadqiqotda Gandi asarlaridagi asosiy g‘oyalar – o‘z-o‘zini tarbiyalash, ma’naviy yetuklik va amaliy bilimga asoslangan ta’lim tamoyillari tahlil qilinadi. Ayniqsa, bugungi sun’iy intellekt asosidagi raqamli ta'lim tizimlarida insoniy qadriyatlarning saqlanishi va shaxsiy fikrlash qobiliyatining rivojlanishiga tahdid soluvchi omillar muhokama etiladi. Maqolada Mahatma Gandining “Haqiqat yo‘li” (Satya) va “Ahimsa” (zo‘ravonlikka qarshi) prinsiplari asosida mustaqil tafakkur va axloqiy yetuklikni rivojlantirish zarurati ta’kidlanadi. Shuningdek, zamonaviy falsafiy-axloqiy tahlillar va sun’iy intellekt sohasidagi ilmiy maqolalar asosida texnologik taraqqiyotning ijobiy va salbiy tomonlari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijasida Gandi ta’lim konsepsiyasining zamonaviy raqamli ta’lim muhitida insonparvarlik va shaxsiy tafakkur erkinligini rivojlantirishdagi dolzarb roli asoslab beriladi.
Kalit so'zlar: Mahatma Gandi, ta’lim falsafasi, sun’iy intellekt, insonparvarlik, mustaqil tafakkur, raqamli ta’lim, axloqiy tamoyillar.
Jurnaldagi sahifalar: 250 - 260