23.02.2022
359
MODЕRN SHЕ’RIYAT TILIDA NOREAL IFODA SHAKLLARI

Muallif: Dеdaxanova, Muazzam Altmishbayevna

Annotatsiya: O‘zbek modern she’riyatida ko‘chma ma’no hosil qilish, konseptual metaforaning xususiyatlarini ko‘rib chiqish kognitiv ahamiyat kasb etadi. Modernizm ijodkorlarining aksariyat she’rlari strukturasining asosini aynan metafora tashkil qiladi. Ular kitobxon tafakkurida turlicha tasavvur uyg‘otadi va birgina yo‘nalishdagi talqinga qarshilik ko‘rsatadi. Shuning uchun majoziy obrazlilik asosiga qurilgan badiiy tafakkur tabiati bilan modernistik she’rlar tadqiqot manbai sifatida alohida e’tiborga loyiq. Shu bois mazkur maqola modernistik metaforalarning tahlili va o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishga bag‘ishlanadi.

Kalit so'zlar: modernistik metafora, ko‘chma ma’no, abstraksionizm, tashbeh, jonlantirish, sifatlash, majoziy obrazlilik

Yuklab olish