Muallif: Hotamov, Baxriddin G’ulom o‘g’li
Annotatsiya: Insonlar suhbatlashayotgan paytda yagona maqsad o‘z fikr va tuyg‘ularini tushuntirib berish, yetkazish emas. Bir vaqtning o‘zida, suhbatdoshning har biri aniq vositalar yordamida boshqasiga bo‘lgan munosabatni, o‘zining jamiyatdagi guruh belgilarini va suhbatdagi o‘z o‘rnini belgilovchi jarayonda ham ishtirok etadi. Muloqot mobaynida suhbatdashlar maʼlum bir ijtimoiy qoidaga amal qilgan holda, o‘zaro murojaat shakllarini tanlaydilar va bu bilan har ikki taraf o‘zaro aloqa va ijtimoiy status, tabaqa munosabatlarini ifodalaydilar. Ana shu maʼnoda murojaat shakllarini tadqiq etish sotsiolingvistika fani nuqtai nazaridan ahamiyatli va zarur. “Sotsiolingvistika fanida murojat shakllari - bu kishi o‘zi suhbat mobaynida suhbatdoshiga murojaat qilish uchun qo‘llaydigan so‘zlardir” . Turli oilaga mansub tillarda turli xil murojaat shakllari – murojaat so‘zlari uchraydi va ular til va jamiyatning uzviyligini ifodalaydi. Sotsiolingvistikada so‘zlovchi va murojat qilinayotgan shaxs o‘rtasidagi tafovvutni “kuch” va “yaqinlik” doirasida eng xal qiluvchi ahamiyatga ega asosan besh unsurni ajratish mukin. Murojaat qilayotgan shaxs va murojaat qilinayotgan shaxs o‘rtasidagi munosabatga taʼsir qiladigan ushbu besh element quyidagilar: yosh, jins, egallagan mavqeʼ-lavozim, oilaviy-qarindoshlik aloqalarining mavjudligi hamda kishilarning munosabatidagi emotsional (hissiy) yaqinlik darajasi.
Kalit so'zlar: Muloqot, Sotsiolingvistika, multilingual, multidialektik, bilingual ikki tillilik, murojaat shakli, appelativ, nominatum.
Jurnaldagi sahifalar: 27 - 31