25.06.2025
18
NEOPLATONIZMDA EMANATSIYA NAZARIYASI

Muallif: Baqoyeva, Gulruh Rayimovna

Annotatsiya: Ushbu ilmiy tezisda NeoPlatonizm falsafasidagi emanatsiya nazariyasining mohiyati va uning olamni yaratish jarayonidagi falsafiy izohlanishi ko‘rib chiqiladi. Plotinning fikricha, barcha mavjudot Birdan emanatsiya yo‘li bilan paydo bo‘ladi va o‘zining ma’naviy yuksalishi orqali unga qaytadi. Mazkur nazariya NeoPlatonik kosmologiyaning asosiy tamoyillari bo‘lib, insonning ma’naviy kamolotiga erishish jarayonida katta ahamiyatga ega. Tezisda emanatsiyaning falsafiy, axloqiy va kosmologik jihatlari keng tahlil qilinadi hamda ushbu nazariyaning xristianlik va islom falsafasiga ko‘rsatgan ta’siri yoritib beriladi.

Kalit so'zlar: NeoPlatonizm, emanatsiya, Bir, Plotin, kosmologiya, ma’naviy kamolot, ilohiylik, metafizika.

Jurnaldagi sahifalar: 471 - 474

Yuklab olish