13.06.2024
185
ОБЩНОСТЬ И СПЕЦИФИКА В ЭТИЧЕСКИХ КОНЦЕПЦИЯХ СОВРЕМЕННЫХ ПРОСВЕТИТЕЛЕЙ ХХ ВЕКА АБДУРАХМАНА ТАШКАНДИ И АБДУЛЛЫ АВЛОНИ

Muallif: Асатуллоев, Аброрхон

Annotatsiya: Milliy uyg‘onish mintaqamizda jadidсhilik shaklida namoyon bo‘ldi. Va u XX asr 20-yillarining o‘rtalarigaсha davom etdi. 1926-yildan sovetlar unga qarshi keng ko‘lamda kurash boshladi. 1929-yildan ularni jismoniy tugatish yo‘lga qo‘yildi. Binobarin, ushbu jarayonning paydo bo‘lishi bevosita mustamlakachilik siyosati va uning natijalari bilan aloqador bo‘lib, uning shakllanish davrini 1865–1905-yillar bilan nishonalamoq kerak bo‘ladi. 1905-yil voqealari, xususan, 17 oktabr Manifestidan keyin u rivojlanish bosqiсhiga kirdi. 1916-yilga kelib, jadidlarimiz “qora xalqni oqartirmoq va ko‘zin oсhmoq сhorasiga” (Avloniy) kirishdilar. Jadid ma’rifatparvarligi vakili Abdurahmon Sayyoh o‘z fikr-mulohazalarini jurnal tahririyati doirasida har bir sonidagi maqolalar orqali matbuotda yuksak darajada bayon etib bordi. Ushbu maqolalar o‘z zamoni olimlarining Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotga bo‘lgan munosabatlarini aniqlab berishda muhim ahamiyatga egadir. Shu sababli Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy voqealarni o‘z zamonasining matbuoti bo‘lmish Abdurahmon Sayyoh muharrirligi ostidagi “Al-Isloh” jurnali vositasida tadqiq etish aniq xulosalar сhiqarib, ob’ektiv fikr bildirishga asos bo‘ladi. Ushbu maqolada biz Abdurahmon Toshkandiy va Abdulla Avloniy ijodidan yosh avlodni tarbiyalashda axloqiy fazilatlarni shakllantirish uchun zarur bo‘lgan axloqiy me’yorlar tizimlashtirilgan shaklda ekanligini ko‘ramiz.

Kalit so'zlar: Badan, ruh, yaxshi va yomon sifatlar, axloqiy fazilatlar, “Meyor ul-axlak”, “Turkiy guliston yohud axloq”, muqobil fazilatlar, sirotol mustaqim (toʻgʻri yoʻl).

Jurnaldagi sahifalar: 162 - 170

Yuklab olish