Muallif: Nasriddinova, Gulgina Salohiddinovna
Annotatsiya: Ushbu maqolada oila psixologiyasi doirasida gender stereotiplarining shakllanishi, ularning farzand tarbiyasi jarayoniga hamda ijtimoiy ong rivojiga ko‘rsatadigan ta’siri ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda oilaning ijtimoiylashuvdagi asosiy institut sifatidagi o‘rni, ota-onalarning genderga oid qarashlari va ularning bolalarning shaxsiy rivoji, o‘zini anglash jarayoni hamda ijtimoiy rollarni qabul qilishiga ta’siri yoritiladi. Gender stereotiplarining mustahkamlanishi yoki bartaraf etilishi farzandlarda tenglik, empatiya, emotsional barqarorlik va ijtimoiy moslashuv darajasiga bevosita ta’sir ko‘rsatishi asoslab beriladi.
Kalit so'zlar: oila psixologiyasi, gender stereotiplari, farzand tarbiyasi, ijtimoiy ong, ijtimoiylashuv, gender tenglik.
Jurnaldagi sahifalar: 585 - 589