Muallif: Asamova, Dilnoza Fazlitdinovna
Annotatsiya: Ushbu maqolada Gender tenglik madaniyatini oilada shakllantirish masalasi bugungi jamiyat taraqqiyotining eng dolzarb mavzularidan biri ekanligi tahlil qilinadi. Oilaga gender tenglikka erishishning asosiy omili sifatida qaralib, gender stereotiplarini bartaraf etish, oilada tenglik madaniyati ota va ona o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, ishonch va hamkorlik orqali takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Shu orqali jamiyatning barqaror rivojlanishga erishishi uchun oilaning o‘rni va ahamiyati yoritib beriladi. Oila – bu insonning birinchi ijtimoiy maktabi bo‘lib, unda farzandlar jamiyatdagi rollarni, mas’uliyatni va munosabat madaniyatini o‘rganadi. Shuning uchun ham oilada gender tenglik madaniyatini qaror toptirish nafaqat shaxs, balki butun jamiyatning kelajagini belgilovchi muhim omil ekanligi ta’kidlanadi.
Kalit so'zlar: Gender tenglik madaniyatini oilada shakllantirish, gender stereotiplari, gender adolati, ijtimoiy rivojlanish, barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM), gender tenglik, qizlar ta’limi, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda oilaning o’rni.
Jurnaldagi sahifalar: 542 - 545