12.02.2026
2
OILADA ZO‘RAVONLIK HOLATINING GENDER TENGLIKNI TA’MINLASHGA SALBIY TA’SIRI

Muallif: Yuldashova, Sayyora Pirnafas qizi

Annotatsiya: Yangi O’zbekiston ijtimoiy-siyosiy hayotida erkak va ayollarning ishtiroki teng huquq va imkoniyatlar asosida bo‘lishi uchun sohadagi ishlarni islohot darajasida olib borish, milliy gender statistikasini rivojlantirish maqsadida ko‘plab amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shunga qaramay gender tenglikni ta’minlashda asosiy to‘siqlardan biri bu –oiladagi zo‘ravonlik holatidir. Jamiyat va mamlakat taraqqiyotiga to‘sqinlik qiluvchi bu omilning kelib chiqish holatlari va oilalar ruhiy farovonligiga salbiy ta’siri zamonaviy psixologiyaning dolzarb masalalaridan biridir. Ushbu maqolada mana shular xususida so‘z boradi.

Kalit so'zlar: Oiladagi zo‘ravonlik, milliy gender statistikasi, ijtimoiy rollar taqsimlanishi, surunkali stress, deviant xulq-atvor, hissiy-emotsional zo‘riqish, qadriyatlar to‘qnashuvi, oilaviy munosabatlar.

Jurnaldagi sahifalar: 571 - 574

Yuklab olish