01.07.2023
289
O‘KUZBEKLAR VA AYNLARDAGI UMUMMADANIY ILDIZLAR

Muallif: Lafasov, Urak

Annotatsiya: Ushbu (“O‘kuzbeklar va aynlardagi umummadaniy ildizlar”) maqolada buyuk qudrat egasi Alloh olamni yaratib insonlarning adolatli va erkin yashashlarini ta’minlash uchun islom qonunlarini joriy qilganligi, yer yuziga odam bilan islom birga tushirilganligi va Yaratgan islomni to‘rt marta yangilanganligi haqida yozilgan. Ushbu yangilanishlar Safiyulloh, Nuh, Ibrohim va Muhammad(s.a.v) davrida bo‘lganligi ta’kidlangan. Hozir yerda yashayotgan insonlar Nuhning uch o‘g‘li Som-Abulajam, Hom-Abulhind, Yofas-Abut-turkdan tarqaganligi aytib o‘tilgan. Ota duosini olgan Yofas (Tur)ga Turon va Turkiston berilganligi va uning avlodlari turlar deb atalganligi, turlarning aslzodalari o‘kuzbeklar, yaponlarga asos bo‘lgan aynlar esa turlarga mansubligi, yaponlardagi sakura aslida chiya, Yaponiyaning asl nomi Jabarqa “quruqlik bor joy” ekanligi sharhlangan. Biz yashayotgan yulduzlar turkumida quvvatlanish manbai sifatida Kun (Quyosh) yaratilganligi, yerdagi ikkinchi quvvatlanish manbai olov sababli Safiyulloh va Hayotbaxsh zurriyotlari taom lazzati va himoya qudratini his qilganligi ta’kidlangan. yer yuzida Ko‘kdagi sayyora va yulduzlar tiniq ko‘rinadigan beshta enlama (kenglik) nuqta borligi, ularning barchasi turlar yashaydigan hududda ekanligi, nuqtalar birlashtirilganda aylana shakl yuzaga kelishi, enlama shakl esa qutjilarning tamg‘asi bo‘lganligi, Kun chiqishdagi jabarqa va Kun botishdagi indeyts aynlarda ham ana shu tamg‘a hozirgacha saqlanganligi qayd etilgan. Amerika qurjilarining tilidagi turkiy so‘zlar, Gvatemaladagi Quchi shahri, turlar olovdan unumli foydalanish uchun o‘choqni kashf qilganligini, issiqlik va havo yordamida toshtemirni eritib chukun, temir va po‘lat olganligi to‘g‘risida ma'lumot berilgan. yer sharida islom, xristian dinlaridan so‘ng keng tarqalgan buddizm ekanligi, kushonlar davridagi buddizmga tegishli qadimiy obidalar O‘zbekistonning Surondaryo viloyati hududida saqlanganligi, kushon hukmdorlari jabag‘u//yobu deb atalganligi, Buyuk Irak yo‘lini uchta tarmog‘i Kushon saltanati hududdidan o‘tganligi, budda obidalarini o‘rganishda faol qatnashgan yapon olimi Kato Kyudzo, Dalvarzintepa, Xolchayontepa, Fayoztepa va Qoratepa kabi obidalar haqidagi izohlar bayon qilingan.

Kalit so'zlar: Alloh, olam, inson, yer, Safiyulloh, Nuh, Ibrohim, Muhammad, Som-Abulajam, Hom-Abulhind, Yofas-Abut-turk, Tur, Turon, Turkiston, turlar, o‘kuzbeklar, aynlar, sakura, chiya, Jabarqa, Kun, olov, Hayotbaxsh, taom, himoya, enlama (kenglik) nuqtalari, qutjilarning tamg‘asi, Gvatemala, Quchi shahri, o‘choq, issiqlik, havo, toshtemir, chukun, temir, po‘lat, buddizm, kushonlar, jabag‘u, Buyuk Irak yo‘li, Dalvarzintepa, Xolchayontepa, Fayoztepa, Qoratepa

Jurnaldagi sahifalar: 75 - 83

Yuklab olish