11.02.2026
3
ONADAGI SALBIY XUSUSIYATLARNING ONA–BOLA MUNOSABATLARIGA TA’SIRI

Muallif: Mirziyatova, Dilfuza Abdurashid qizi; Ablaqulov, Sherali Davronovich

Annotatsiya: Ushbu maqolada onalarga xos ayrim salbiy psixologik xususiyatlarning ona–bola munosabatlariga ta’siri yoritiladi. Tadqiqot jarayonida onaning emotsional holati va bola bilan muloqot uslubi bolaning ruhiy rivojlanishida muhim omil ekani asoslab beriladi. Onada asabiylik, befarqlik, emotsional sovuqlik hamda haddan tashqari talabchanlik mavjud bo‘lgan holatlarda bolada qo‘rquv, o‘ziga ishonchsizlik va ijtimoiy moslashuvda qiyinchiliklar yuzaga kelishi kuzatiladi. Mazkur ish ona–bola munosabatlarini sog‘lomlashtirish, oilaviy tarbiyada psixologik yondashuvlarni takomillashtirish hamda onalarning tarbiyaviy mas’uliyatini oshirish masalalarini yoritishga qaratilgan.

Kalit so'zlar: ona–bola munosabatlari, salbiy psixologik xususiyatlar, oilaviy muhit, emotsional rivojlanish, tarbiya.

Jurnaldagi sahifalar: 445 - 449

Yuklab olish