Muallif: Uralova, Visola Eldor qizi; Salikhova, A.M.
Annotatsiya: Ushbu maqolada yashil iqtisodiyotga o‘tish jarayonida ayollarning o‘rni, mavjud imkoniyatlar va duch kelinayotgan asosiy to‘siqlar tizimli tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida yashil iqtisodiyot tushunchasining nazariy asoslari, barqaror rivojlanish va gender tenglik o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik yoritilgan. Tadqiqot natijalari ayollarning qayta tiklanuvchi energiya, ekologik tadbirkorlik, organik qishloq xo‘jaligi va yashil innovatsiyalar sohalarida yuqori salohiyatga ega ekanini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, maqolada yashil iqtisodiyotga samarali va inklyuziv o‘tishni ta’minlash uchun ayollarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar: yashil iqtisodiyot, gender tenglik, barqaror rivojlanish, ayollar bandligi, yashil innovatsiyalar, ekologik siyosat, qayta tiklanuvchi energiya, inklyuziv iqtisodiy o‘sish.
Jurnaldagi sahifalar: 108 - 113