Muallif: Xakimxo‘jayeva, Sevara Rashid qizi; Rasulova, Nilufar Tulkunovna
Annotatsiya: Mazkur maqolada o‘rta tibbiyot xodimlarida kasbiy so‘nishning ijtimoiy ong, gender stereotiplari va hissiy mehnat talablari bilan bog‘liq psixologik mexanizmlari empirik asosda tahlil qilinadi. Tadqiqot aralash metodologiya (so‘rovnoma va yarim tuzilgan intervyular) asosida tashkil etilgan. Natijalar stereotipik kutilmalar, hissiy mehnat intensivligi, tashkilot adolati va nazorat hissining pastligi kasbiy so‘nish komponentlarini sezilarli darajada kuchaytirishini ko‘rsatdi. Olingan xulosalar kasbiy so‘nish profilaktikasi bo‘yicha tashkiliy va individual darajadagi amaliy choralarni ishlab chiqishga ilmiy asos yaratadi.
Kalit so'zlar: Kasbiy so‘nish, o‘rta tibbiyot xodimlari, ijtimoiy ong, gender stereotiplari, hissiy mehnat, tashkilot adolati, psixologik barqarorlik.
Jurnaldagi sahifalar: 114 - 117