Muallif: Saidxo‘jayeva, Ziyodaxon Sayfullayevna; Botirova, D.B.
Annotatsiya: Mazkur maqolada o‘smirlik davrida shaxsiy identifikatsiya inqirozining shakllanishi hamda unga gender tengligi va ijtimoiy omillarning ta’siri ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda o‘smirlarning “Men kimman?” degan savolga javob izlash jarayonida yuzaga keladigan psixologik qiyinchiliklar, ichki ziddiyatlar va emotsional holatlar yoritiladi. Shuningdek, gender stereotiplari, oilaviy muhit va ijtimoiy munosabatlarning shaxs rivojiga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, gender tengligi tamoyillariga asoslangan ijtimoiy muhit o‘smirlarning sog‘lom psixologik rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Olingan xulosalar ta’lim muassasalarida tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va psixologik yordam ko‘rsatishda amaliy ahamiyatga ega.
Kalit so'zlar: o‘smirlik davri, shaxsiy identifikatsiya, gender tengligi, identiklik inqirozi, ijtimoiy omillar, o‘zini anglash.
Jurnaldagi sahifalar: 418 - 423