Muallif: Elov, Ziyodullo Sattorovich
Annotatsiya: Mazkur tadqiqot o‘smirlik davrida suitsidal xulq-atvor xavfining shakllanish mexanizmlarini aniqlash, uning psixologik determinantlarini tahlil qilish hamda samarali psixokorreksion yondashuvlarni ishlab chiqishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda o‘smir shaxsining emotsional holati, ijtimoiy moslashuv darajasi, oilaviy va ta’lim muhitidagi psixologik ta’sirlar suitsidal moyillik bilan uzviy bog‘liq omillar sifatida o‘rganiladi. Ilmiy ish doirasida diagnostik metodikalar yordamida suitsidal xavf darajasi aniqlanib, individual va guruhiy psixokorreksion dasturlar samaradorligi baholanadi. Tadqiqot natijalari o‘smirlar orasida suitsidal xulqning oldini olish, psixologik yordamni takomillashtirish va ruhiy salomatlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Kalit so'zlar: o‘smirlik davri, suitsidal xavf, suitsidal xulq-atvor, psixologik diagnostika, psixokorreksiya, emotsional barqarorlik, ijtimoiy moslashuv, ruhiy salomatlik, stress, depressiv holat, xavf omillari, profilaktika, psixologik yordam, shaxs rivoji, krizis holatlar.
Jurnaldagi sahifalar: 531 - 533