Muallif: Botirova, D.B.; Rustamova, Dildora
Annotatsiya: Mazkur maqolada ota-onasi migrant va migrant bo‘lmagan oilalarda voyaga yetayotgan o‘smirlarning o‘z “Men”ini anglash jarayonida gender omilining roli adabiyotlar tahlili asosida yoritilgan. Ilmiy manbalar tahlili orqali tashqi mehnat migratsiyasining oilaviy-emotsional muhitga ta’siri, o‘smirlarning identiteti va genderga xos psixologik xususiyatlarining shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilinadi. Tadqiqot migrantlik sharoitida o‘g‘il va qiz o‘smirlarda “Men-konsepsiyasi”ning differensial shakllanish mexanizmlarini tushuntirishga qaratilgan.
Kalit so'zlar: O‘smirlik; “Men-konsepsiyasi”; identitet; gender omili; gender identiteti; mehnat migratsiyasi; migrant oila; emotsional xavfsizlik; oilaviy rollar; ota-ona masofaviy ishtiroki; ijtimoiy-psixologik determinantlar.
Jurnaldagi sahifalar: 428 - 432