02.12.2025
14
“O‘TKAN KUNLAR” ROMANIDA AKSIOLOGIK MUNOSABATLARNI IFODALAYDIGAN MADANIY KODLARINING XITOY TILIGA KO’CHISHI XUSUSIDA

Muallif: Ismatullayeva, Nargiza Rasuljanovna

Annotatsiya: Ushbu maqolada Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanida xalq qadriyatlarini, urf-odatlarini va ma’naviy-axloqiy munosabatlarni ifodalovchi madaniy kodlarning xitoy tiliga ko‘chish xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda madaniy kod tushunchasining nazariy asoslari, aksiologik munosabatlarning mazmuni hamda ular tarjima jarayonida qanday namoyon bo‘lishi ilmiy jihatdan asoslanadi. Tahlil jarayonida hurmat aksiologik madaniy kodi uch turda tasniflangan holda o‘zbek tilidan xitoy tiliga tarjimalarning ekvivalentlik va madaniy transfer jihatlari yoritiladi. Tadqiqot natijalari madaniyatlararo muloqotda milliy qadriyatlarni to‘liq yetkazish uchun tarjimada aksiologik madaniy kodlarni chuqur tahlil etish zarurligini ko‘rsatadi.

Kalit so'zlar: madaniy kod, aksiologik madaniy kod, aksiologik munosabat, qadriyatlar tizimi, tarjima usullari, Abdulla Qodiriy, O’tkan kunlar.

Jurnaldagi sahifalar: 327 - 332

Yuklab olish