24.02.2022
415
O‘ZBEK TILIDАGI АNTONOMАZIYALАRNING MA’NOSI

Muallif: Achilova, Risolat A’zamovna

Annotatsiya: Maqolada antonomaziya hodisasining til va nutqda voqelanishi ochib berilgan¸ uning mohiyati va leksik-semantik xususiyatlari aniqlangan¸ inson lisoniy faoliyatida hamda badiiy matnni shakllantirishdagi oʼrni va vazifalari belgilangan, nominativ vazifasidan tashqari ramziy maʼnolarni anglatishi, badiiy sanʼatni voqelantirishdagi roli, ayrim lingvopoetik xususiyatlari hamda oʼzbek lingvomadaniyatida tutgan oʼrni kabi masalalar oʼrganilgan. Аntonomaziyalarni semantik xususiyatlariga koʼra uch guruh, yaʼni a) mashhur tarixiy voqealar asosida shakllangan antonomaziyalar; b) afsonalar asosida yuzaga kelgan antonomaziyalar; v) adabiy asarlar¸ ulardagi obrazlar asosida shakllangan antonomaziyalar boʼyicha o‘rganish maqsadga muvofiqligi boʼyicha tavsiya berilgan. O‘zbek adabiyotidagi antonomaziyalarning ayrim uslubiy va lingvopoetik xususiyatlariga Аlisher Navoiy asarlari misolida aniqlik kiritilgan.

Kalit so'zlar: trop, antonomaziya, talmih, o‘xshatish¸ metafora¸ onomastika, antroponim, mifologiya, lingvopoetika, lingvokulьturologiya.

Yuklab olish